Kabinkalar va vaqt
Minutlik hisob va tariflar. Kabinka yopilganda summa o'zi hisoblanadi, uzoq ochiq qolsa ogohlantiradi.
Kabinkalar vaqti, bar va ombor, ishchilar smenasi va kunlik foyda — hammasi avtomatik hisoblanadi. Klubni kompyuter yoki telefondan nazorat qiling.
Daftar va Excel'siz: har bir daqiqa, har bir tovar va har bir so'm hisobda.
Minutlik hisob va tariflar. Kabinka yopilganda summa o'zi hisoblanadi, uzoq ochiq qolsa ogohlantiradi.
Tovarni skaner bilan qo'shing va soting. Qoldiq avtomatik kamayadi, tugab qolsa bloklanadi va oldindan ogohlantiradi.
Ishchi faqat kabinka va sotuv bilan ishlaydi. Smena yopilganda naqd, plastik va chiqimlar hisoboti tayyor.
Kunlik tushum, bar foydasi, eng ko'p sotilgan tovarlar va kabinkalar bandligi — sana bo'yicha.
Bir akkauntdan bir nechta klubni boshqaring va har birining hisobotini alohida ko'ring.
Ma'lumotlar O'zbekistondagi serverda, har kuni zaxira nusxa olinadi. Hech narsa o'chirilmaydi — arxivlanadi.
Bir kunda ishga tushirish mumkin.
Pastdagi formani to'ldiring, biz siz bilan bog'lanamiz.
Akkaunt ochamiz, kabinkalar va tovarlarni kiritishni ko'rsatamiz.
Sizga mos tarifni tanlaysiz — kiritilgan ma'lumotlar saqlanib qoladi.
Barcha tariflarda hamma imkoniyatlar bor, farqi faqat kabinkalar sonida.
Birinchi 14 kun bepul. To'lov muddati tugagach, tizim yana 3 kun ishlaydi.
Internetga ulangan kompyuter, planshet yoki telefon yetarli — tizim brauzerda ishlaydi. Shtrix-kod skaneri ixtiyoriy, oddiy USB skaner mos keladi.
Tizim onlayn ishlaydi, shuning uchun ishlash uchun internet kerak. Kiritilgan barcha ma'lumotlar serverda saqlanib turadi.
Yo'q. Ishchi faqat kabinkalar va sotuv bilan ishlaydi, umumiy statistikani ko'rmaydi. Smena yopilganda faqat o'z smenasi hisobotini ko'radi.
Ma'lumotlar O'zbekistondagi serverda saqlanadi va har kuni zaxira nusxasi olinadi. Har bir klub faqat o'z ma'lumotlarini ko'radi.
Tarifni tanlab to'lov qilasiz va ishlashda davom etasiz. Kiritgan kabinkalar, tovarlar va hisobotlar saqlanib qoladi.
Ariza qoldiring — akkauntni 14 kun bepul ochib beramiz va ishga tushirishda yordam beramiz.