Karaoke va antikafe uchun

Xona vaqti va buyurtmalar — bitta hisobda

Xona ochiladi, vaqt sanaladi, buyurtmalar o'sha xonaga yoziladi. Mehmonlar ketganda hisob to'liq tayyor — hech narsa unutilmaydi.

  • Karta talab qilinmaydi
  • Ma'lumotlar O'zbekistondagi serverda
  • Har kuni zaxira nusxa

Soatbay yoki tarif bilan

Kunduzi va kechqurun narx har xil bo'lsa, xonaga mos tarifni biriktirib qo'yasiz.

Buyurtmalar yo'qolmaydi

Har bir ichimlik va taom xona hisobiga tushadi. Qaytarilgan tovar ham tarixda qoladi.

Kassa har kuni to'g'ri

Smena yopilganda tizim kassada qancha naqd bo'lishi kerakligini aytadi — farqni o'sha kuniyoq ko'rasiz.

Tizim qanday ko'rinadi

Kabinkalar: bir qarashda hammasi ko'rinadi

Kabinkalar: bir qarashda hammasi ko'rinadi

Qizil — band, yashil — bo'sh. Har bir band kabinkada vaqt sanab turadi, summa o'zi hisoblanadi. Tovar shtrix-kod yoki nomi bo'yicha qo'shiladi.

Smena yopilganda kassa tekshiriladi

Smena yopilganda kassa tekshiriladi

Naqd, plastik, bar va chiqim hisoblanadi va tizim kassada qancha pul bo'lishi kerakligini aytadi. Kassir boshqa smenalarni va umumiy foydani ko'rmaydi.

Narxi

Barcha tariflarda hamma imkoniyatlar bor, farqi faqat joylar sonida. Birinchi 14 kun bepul.

Start

199 000 so'm / oy
  • 5 tagacha joy
  • Bar, ombor va shtrix-kod
  • Ishchilar va smenalar
  • Hisobotlar
  • Kunlik zaxira nusxa
Bepul sinab ko'rish

Pro

599 000 so'm / oy
  • Cheksiz joy
  • Bar, ombor va shtrix-kod
  • Ishchilar va smenalar
  • Hisobotlar
  • Kunlik zaxira nusxa
Bepul sinab ko'rish

Birinchi 14 kun bepul. To'lov muddati tugagach, tizim yana 3 kun ishlaydi.

Ko'p so'raladigan savollar

Oldindan bron qilish bormi?

Vaqt bo'yicha bron kalendari hozircha yo'q. Bron uchun telefon raqami va izoh yozib qo'yish mumkin — kerak bo'lsa, arizada yozing.

Bir nechta filialni boshqarsa bo'ladimi?

Ha, bitta akkauntdan bir nechta obyektni boshqarasiz va har birining hisobotini alohida ko'rasiz.

Bepul sinab ko'ring

Ariza qoldiring — akkauntni 14 kun bepul ochib beramiz va ishga tushirishda yordam beramiz.

Telefon raqamingiz faqat siz bilan bog'lanish uchun ishlatiladi.