Toshkent

Toshkentdagi klublar uchun hisob dasturi

Kabinka va kompyuter vaqti, bar savdosi, kassir smenasi va kunlik foyda — bitta tizimda. Brauzerdan ishlaydi, kassaga dastur o'rnatish shart emas.

  • Karta talab qilinmaydi
  • Ma'lumotlar O'zbekistondagi serverda
  • Har kuni zaxira nusxa

Toshkent — mamlakatdagi eng katta va eng zich o'yin-kulgi bozori. Aniq raqamni aytib bo'lmaydi: ma'lumotnomalar har xil sanaydi, zallarning bir qismi kafe yoki savdo markazi ichidagi o'yin zonasi, ro'yxat yil davomida o'zgarib turadi. Lekin tartib ko'rinib turibdi — yuzlab joy, va yangi turar-joy massivlari bilan birga ular soni o'sib boradi.

Hisob uchun bundan uchta amaliy xulosa chiqadi: soat qimmat, smena uzun, mijoz esa kutib turmaydi.

Toshkent klubida nima boshqacha

Poytaxtdagi zal viloyatdagi zaldan uchta narsa bilan farq qiladi.

Soat narxi balandroq

Ijara va kommunal to'lov poytaxtda qimmat, soat narxi ham shunga qarab qo'yiladi. Demak kassadan o'tmay qolgan bitta kabinka-soat ham qimmatroq turadi: har bir «yozilmagan» o'yin viloyatdagi zalga nisbatan ko'proq pul.

Smena uzun, kechki tarif muhim

Poytaxt kech yashaydi: juma va shanba kuni zal yarim tundan keyin ham ishlaydi. Shuning uchun kechki tarif praysdagi bezak emas. Tizimda tarif vaqtga qarab o'zi almashadi — kassir hisoblab yoki eslab o'tirmaydi.

Mijoz kutib turmaydi

Yonginangizda yana bir nechta klub bor. Kabinka band bo'lsa va bron daftarda yoki telefon yozishmasida qolib ketgan bo'lsa, kompaniya qo'shni zalga ketadi. Bron buyurtmaga yoziladi: mijoz ismi, telefoni va izoh bilan.

Qaysi tumanda — qanday sozlama

Toshkentda zallar bir tekis joylashmagan, va joylashuvga qarab tizimda qaysi sozlamani tez-tez ochishingiz o'zgaradi.

Markaz: Mirobod, Yakkasaroy, Shayxontohur

Ijara qimmat, yonida raqobatchi ko'p, mijoz kechqurun kompaniya bilan keladi. Bu yerda eng kerakli ikki narsa — kabinkani oldindan yozib qo'yish va kunduzgi hamda kechki tarifni ajratish.

Yotoqxona tumanlari: Chilonzor, Yunusobod, Sergeli, Olmazor, Uchtepa, Yashnobod

Soat narxi pastroq, zal qo'shni uylardan keladigan doimiy mijozlar bilan yashaydi, ish kunlari ham tekisroq yuklanadi. Bu yerda hafta kunlari va kunduzgi tarif bo'sh soatlarni to'ldirish uchun ishlaydi.

Savdo markazlaridagi zonalar

Alohida holat: ijara ko'pincha aylanmaga bog'lanadi, ish vaqti markazning jadvaliga bo'ysunadi. Demak sizga daftar emas, smena bo'yicha hisobot va uni yuklab olish imkoniyati kerak bo'ladi.

Oliygohlar atrofi: Olmazor, Mirzo Ulug'bek

Talabalar sessiyasi va ta'til yuklamani keskin o'zgartiradi: imtihon haftasida zal bo'shaydi, ta'tilda to'ladi. Oylik hisobotda qaysi hafta qanday ishlaganini ko'rib, tarif va smena jadvalini shunga moslaysiz.

Dastur zalda nima qiladi

  • kabinka, stol va kompyuterlar ekranda: qaysi biri band, qancha vaqtdan beri va qancha summa yig'ilgan;
  • tariflar: kunduzgi va kechki narx, hafta kunlari, VIP xona uchun alohida narx — tizim vaqtiga qarab o'zi oladi;
  • bar va ombor: ichimlik va yegulik buyurtma hisobiga qo'shiladi, qoldiq o'zi kamayadi, tugagan tovarni sotib bo'lmaydi;
  • kassir smenasi: smena yopilganda naqd, plastik va chiqim hisoblanadi — kassada qancha pul bo'lishi kerakligi aniq ko'rinadi;
  • rollar: kassir umumiy tushumni ko'rmaydi, direktor hammasini ko'radi;
  • kompyuter klublari uchun agent: buyurtma ochilmaguncha kompyuter qulflangan turadi, vaqt tugaganda yana qulflanadi;
  • hisobotlar: kun, hafta va oy kesimida tushum, bar foydasi hamda bekor qilingan buyurtmalar.

Tizim bulutda ishlaydi — klubda internet bo'lishi kerak. Buning evaziga kassaga server qo'yish, bazani zaxiralash va yangilanish o'rnatish tashvishi yo'q: bularning hammasi bizning tomonda. Agar klubingizda internet tez-tez uzilib tursa, buni oldindan ayting — ortiqcha va'da bermaymiz.

Tizim qanday ko'rinadi

Kabinkalar: bir qarashda hammasi ko'rinadi

Kabinkalar: bir qarashda hammasi ko'rinadi

Band va bo'sh joylar bir ro'yxatda: har bir band kabinkada vaqt sanab turadi, summa o'zi hisoblanadi. Tovar shtrix-kod yoki nomi bo'yicha qo'shiladi.

Kompyuterlar bitta ro'yxatda

Kompyuterlar bitta ro'yxatda

Qaysi kompyuter yoqilgan, qaysi biri ulanmagan — darrov ko'rinadi. Shu yerdan o'chirish, qayta yuklash va mijozga xabar yuborish mumkin.

Hisobotlar: kun, hafta, oy

Hisobotlar: kun, hafta, oy

Tushum, bar foydasi, tan narx, sof foyda, o'rtacha chek va kunlar bo'yicha diagramma. Ish kuni 06:00 dan keyingi kun 06:00 gacha hisoblanadi.

Toshkentda ishga tushirish

O'rnatish yo'q: brauzerdan kirasiz, xonalar va narxni kiritasiz, kassirga login berasiz. Bu odatda bir soatdan kam vaqt oladi — birinchi smenani o'sha kuni ochsa bo'ladi.

Toshkent ichida bo'lsangiz, kelishib olib joyida sozlab berishimiz va kassirlarni o'rgatishimiz mumkin; viloyatlarga masofadan — Telegram va ekranni ulashish orqali. Avval o'zingiz ko'rib olmoqchi bo'lsangiz, to'ldirilgan namoyish klubi bor: hech narsa kiritmasdan kirib ko'rasiz.

Narxi

Barcha tariflarda hamma imkoniyatlar bor, farqi faqat joylar sonida. Birinchi 14 kun bepul.

Start

203 000 so'm / oy
  • 5 tagacha joy
  • Bar, ombor va shtrix-kod
  • Ishchilar va smenalar
  • Hisobotlar
  • Kunlik zaxira nusxa
Bepul sinab ko'rish

Pro

584 000 so'm / oy
  • Cheksiz joy
  • Bar, ombor va shtrix-kod
  • Ishchilar va smenalar
  • Hisobotlar
  • Kunlik zaxira nusxa
Bepul sinab ko'rish

Birinchi 14 kun bepul. To'lov muddati tugagach, tizim yana 3 kun ishlaydi.

Ko'p so'raladigan savollar

Toshkentda o'rnatishga kelasizmi?

Dastur bulutda ishlaydi, shuning uchun o'rnatish kerak emas — brauzerdan ochasiz. Toshkent bo'yicha kelishib, joyida ko'rsatib berishimiz mumkin; viloyatlarga masofadan ulanamiz.

Bir nechta filialim bor, hammasini bitta joydan ko'rsam bo'ladimi?

Ha. Har bir klub alohida yuritiladi — xonalari, narxlari va kassirlari o'ziniki. Direktor bitta hisobdan klublarni almashtirib ko'radi, hisobotlar ham alohida chiqadi.

Kompyuter klubi uchun ham ishlaydimi?

Ha, kompyuterlar uchun alohida agent dasturi bor: buyurtma ochilmaguncha kompyuter qulflangan turadi. Bilyard va ping-pongda bunday blok yo'q — u yerda vaqt, bar va kassa hisobi ishlaydi.

Bron kalendari bormi?

To'liq kalendar hozircha yo'q. Bron buyurtmaga eslatma sifatida yoziladi: mijoz ismi, telefoni va izoh — kassir o'sha kabinkani boshqa kompaniyaga bermaydi. Soatma-soat oldindan band qilish kerak bo'lsa, buni ochiq aytamiz: hozircha bizda bunisi yo'q.

Bepul sinab ko'ring

Ariza qoldiring — akkauntni 14 kun bepul ochib beramiz va ishga tushirishda yordam beramiz.

Telefon raqamingiz faqat siz bilan bog'lanish uchun ishlatiladi.