Vaqt tugadi — kompyuter qulf
«Bir soatga» deb ochasiz: ekran burchagida qolgan vaqt sanaladi, 5 daqiqa qolganda ogohlantiradi, tugaganda qulflanadi. Internet uzilsa ham vaqt o'z yo'lida sanaladi.
Kompyuter klublari uchun
Kompyuterga PlayPult dasturi o'rnatiladi. Buyurtma ochilsa kompyuter ishga tushadi, vaqt tugasa yoki buyurtma yopilsa qulflanadi. Kassir o'rnidan turmaydi, mijoz esa bepul o'ynab ketolmaydi.
«Bir soatga» deb ochasiz: ekran burchagida qolgan vaqt sanaladi, 5 daqiqa qolganda ogohlantiradi, tugaganda qulflanadi. Internet uzilsa ham vaqt o'z yo'lida sanaladi.
O'chirish, qayta yuklash va mijozga xabar — hammasi paneldan. Seans tugaganda mijoz ochgan o'yin va brauzer yopiladi, keyingisi toza kompyuterga o'tiradi.
Ichimlik va gazak o'sha kompyuter hisobiga qo'shiladi. Smena yopilganda naqd, plastik va chiqim hisoblanadi — kassada qancha pul bo'lishi kerakligi ko'rinadi.
Band va bo'sh joylar bir ro'yxatda: har bir band kabinkada vaqt sanab turadi, summa o'zi hisoblanadi. Tovar shtrix-kod yoki nomi bo'yicha qo'shiladi.
Qaysi kompyuter yoqilgan, qaysi biri ulanmagan — darrov ko'rinadi. Shu yerdan o'chirish, qayta yuklash va mijozga xabar yuborish mumkin.
Buyurtma yo'q — kompyuter qulf. Kabinka ochilgach qulf yo'qoladi va burchakda qolgan vaqt bilan summa turadi. Agent dasturi oynasi ruscha.
Barcha tariflarda hamma imkoniyatlar bor, farqi faqat joylar sonida. Birinchi 14 kun bepul.
Birinchi 14 kun bepul. To'lov muddati tugagach, tizim yana 3 kun ishlaydi.
Dastur Windows xizmati sifatida ishlaydi: yopilsa bir necha soniyada qayta ko'tariladi, qulf ekranida Win, Alt+Tab va Alt+F4 ishlamaydi. Mijoz o'tiradigan Windows hisobi oddiy foydalanuvchi bo'lishi kerak — administrator hisobida himoyani chetlab o'tish mumkin.
Oxirgi holat saqlanadi: o'ynayotgan mijoz o'yindan chiqarib yuborilmaydi, qulflangan kompyuter esa qulfligicha qoladi. Vaqt limiti ham aloqasiz sanalaveradi.
Ariza qoldiring — akkauntni 14 kun bepul ochib beramiz va ishga tushirishda yordam beramiz.